Kichik korxonalarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi O'zbekiston to'qimachilik sanoatining rivojlanishiga ta'sir qildi. Har yili to'qimachilik sanoatida yanada ko'proq kompaniyalar paydo bo'lmoqda va tekstil borasida kengaymoqda! Bizning kompaniyamiz bundan mustasno emas!

"RUXSHONA TEX" o'z faoliyatini 2010-yilda boshlagan. 2016-yildan beri mahsulotning 75 foizi ko'plab mamlakatlarga eksport qilingan. 2022-yilda esa 100 foiz mahsulot eksport qilinadi!

– Hamkorlar buyurtmasiga ko‘ra 20 turdan ortiq mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi;

– Kiyimlar tikilib, ularni eksport qilish boshlandi;

– Belgiya, Xitoy va Turkiyadan olib kelingan eng yaxshi uskunalar (200 turdan ortiq) mavjud.

Ishlab chiqarish tizimini Xitoy, Belgiya va Turkiyada ishlab chiqarilgan dastgohlar bilan modernizatsiya qilish natijasida korxonada 2010-yildan buyon ishlab chiqarish hajmi qariyb 19 barobar oshdi. Kompaniyaning yillik aylanmasi 3,350 mln. dollarni tashkil qiladi.

Bizning "RANIA BELLUCCI" o'z to'qimachilik brendimiz bor!

- RANIA BELLUCCI brendi O‘zbekiston bozorida yetakchi o‘rinlarga ega.

- 2022-yilda birgina O‘zbekiston ichki bozorida Rania Belluci brendi 250 000 AQSh dollaridan ortiq sotilgan.

– Xorijdan ko‘plab mutaxassislar RANIA BELLUCCI brendini loyihalash va rivojlantirish ustida ishlamoqda.

Mahsulotlarimiz haqida batafsil ma'lumotni www.raniabellucci.com onlayn-do'konimizda topishingiz mumkin.

Biz hamkorlik qilishdan xursandmiz!

Hurmat bilan,
"RUXSHONA TEX" boshqaruv kengashi